
"Biz tariximizda ilk bor Jahon chempionatiga yo'l oldik. Bu futbolchilarimiz uchun katta tajriba bo'ladi. Bosh murabbiy sifatida men o'z vazifamni masuliyat bilan bajarishim kerak. Eng muhimi – jamoa mundial jarayonidan zavq olishi.
Guruhimizda FIFA reytingining top-20 ligiga kirgan ikki kuchli raqib bor. Shu bois har bir o'yin juda muhim, uchala bahs ham katta ahamiyat kasb etadi. Hozirgi paytda men yoshlar bilan juda yaxshi ishlaydigan, potenciali yuqori bo'lgan jamoaga egaman. O'zbekiston — oxirigacha kurashadigan jamoa. Bu o'zbek xalqining eng muhim fazilati", – dedi italiyalik mutaxassis.