
Marokashning Afrika Kubogi uchun tarkibi e’lon qilindi.
Bosh murabbiy Valid Regragi 21 dekabr kuni boshlanadigan turnirda Marokash sharafini himoya qiladigan 28 nafar futbolchi ro‘yxatini taqdim etdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu ro‘yxatdan jarohatidan tiklanayotgan Ashraf Hakimiy va Sofyan Amrabat ham o‘rin olgan. Sonida yaqinlashtiruvchi mushak bilan muammolarga duch kelayotgan Hamza Igaman zaxira o‘yinchisi sifatida ro‘yxatga kiritilgan.
O‘yinchilarning to‘liq ro‘yxati quyidagicha:
Darvozabonlar: Yasin Bunu («Al-Hilol»), Munir Muhammadi (RSB), Al-Mahdi Al-Harrar («Raja Kasablanka»).
Himoyachilar: Ashraf Hakimiy («PSJ»), Muhammad Shibi («Piramids»), Javad Al-YAmiq («Al-Najma»), Romen Saiss («As-Sadd»), Abdulhamid Ait Budlal («Renn»), Nayef Agerd («Marsel»), Adam Mazina («Torino»), Nussair Mazraui («Manchester Yunayted»), Anass Salah-Eddin (PSV).
Yarim himoyachilar: Ussama Targallin («Feyenoord»), Sofyan Amrabat («Betis»), Ismoil Saybari (PSV), Nel El-Enaui («Roma»), Bilol El-Xannus («Shtutgart»), Azzedin Unai («Jirona»).
Hujumchilar: Braim Dias («Real»), Ilyas Axomash («Vilyarreal»), Shamsdin Talbi («Sanderlend»), Yussef En-Nesiri («Fenerbaxche»), Ayub El-Kaabi («Olimpiakos»), Sufyan Raimi («Al-Ayn»), Abde Ezzalzuli («Betis»), Eliss Ben-Segir («Bayer»).
Zaxira o‘yinchilari: Yussef Belammari («Raja Kasablanka»), Xamza Igaman («Lill», Liga 1).