iks
ads

Benzema JCH-2026 oldidan Fransiya termasiga qaytishi mumkinligini istisno etmadi

  • Mr.NoBoDy 11.12.2025 23:22
  • 59
  • 30

Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Karim Benzema 2026 yilgi jahon chempionati arafasida milliy jamoaga ehtimoliy qaytishi mumkinligini istisno etmadi. 37 yoshli «Al-Ittihod» forvardi 2022 yilda xalqaro faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi.

«Agar meni terma jamoaga taklif qilishsa, men borib qo‘shilaman. Jahon chempionatida o‘ynashni kim xohlamaydi? Hamma bu musobaqada qatnashishni istaydi. Agar men bundan voz kechaman desam, yolg‘onchi bo‘lib qolaman», — deya Benzemaning so‘zlarini L'Équipe keltiradi.

«Uch ranglilar» safida Benzema barcha musobaqalarda 97 ta o‘yinda maydonga tushib, 37 ta gol urgan va 20 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar