iks
ads

Terri Anri: "Real"da 90 foiz futbolchilarga, 10 foizi murabbiyga bog'liq"

  • Mr.NoBoDy 12.12.2025 01:24
  • 145
  • 30

"Arsenal" va "Barselona" kabi jamoalarning sobiq futbolchisi Terri Anri "Real"da murabbiy va futbolchilar o'rtasida bo'layotgan holat haqida gapirdi.

"Yangi joyda ish boshlagan murabbiyda 6 oy o'tib muammolar bo'lishi men uchun absurd holat. Biroq "Real" va "Barselona" kabi klublarda ertalab uyg'onishingiz bilanoq yomon xabarlar chiqishi mumkin, chunki holat istalgan vaqtda o'zgarib ketishi ehtimoli yo'q emas.

"Real"dagilar o'z bosh murabbiyiga shubha qilishi kerak emas deb hisoblayman. Siz o'z murabbiyingizni eshitishingiz va u nimalarga qodirligini bilishingiz kerak.

Ayrimlar uchun Xabi faqatgina mashg'ulot jarayoniga ko'proq etibor bergan, o'yinga esa past nazar bilan qarayotgan bo'lishi mumkin. Men bu fikrga qo'shilmayman. Uning "Bayer"da qilgan ishlarini bilamiz.

Ayrim murabbiylar futbolchilarga o'zlarini ko'rsatishlari uchun imkoniyat berishadi. "Barselona"da saqlanib qolingan o'z uslubi bor va bu tarkibning tuzilganiga qaraladi. "Real"da esa barchasi boshqacha: ishning 90 foizini futbolchilar, 10 foizini murabbiylar hal qilishadi. Shu sababli barcha jarayonni murabbiyga topshirish kerak. Ayrim holatlarni futbolchilar boshqaradi", - dedi Anri.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar