
- "Real"ning muammosi nimada deb o'ylaysiz?
- Ular shunchaki bir-birini tushunmayapti, ayniqsa, Mbappe, Vinisius, Bellingem va Rodrigo. Ularning har biri maydonda nimalar qilishlari kerakligini bilishi kerak. Bellingem to'purar emas, pleymeykerligini, Mbappe esa pleymeyker emas, to'purarligini, Vinisius tayanch futbolchisi emas, chap qanot vingeri ekanligini his qilishi kerak. Qachonki har bir futbolchi o'z vazifalarini bilsa, muammolar barham topadi. Chunki biz ayni damda kuchli futbolchilar o'nligida turgan futbolchilar haqida gaplashyapmiz.
- Bu muammoni bartaraf qilsa bo'ladimi?
- Oson emas. Chunki har bir futbolchi o'z hususiyatlariga, xarakteriga ega. Tarkibdagi barcha eng yaxshisi bo'lishni istaydi, lekin bu juda qiyin. Barcha futbolchilar jamoadagi roli, ish hajmini yaxshi tushunishi va bularning barchasini jamoa uchun qilayotganini tushunishi kerak.
- Murabbiy nimalarni hal qilishi mumkin?
- Murabbiy hech nima qila olmaydi. Unda eng yaxshi futbolchilar ro'yxati bo'ladi va u o'shalarni maydonga tashlaydi. Qolganlari futbolchilarga bog'liq. Agarda vazifalarni boshqa jamoadoshlaring yaxshi bajarayotgan bo'lsa, buni to'g'ri tushunish kerak.