
"Albatta, xafa bo'ldim, chunki biz mag'lubiyatga loyiq emasdik. Boshqa tomondan bu o'yin bizga kuch berishi kerak. Oldinda "Jenoa"ga qarshi o'yin kutib turibdi, unga biz yaxshiroq holatda borishimiz kerak. Keyinchalik "Arsenal" va "Borussiya"ga qarshi bahslar ham biz uchun juda muhim.
Futbolda barchasini oldindan aytib bo'lmaydi, bu erda kuchlilar har doim ham yutavermaydi. Bu uchrashuvda raqib bizdan ustunlik qilmadi, teng kuchli jamoalar o'ynagandi. Endi aqlliroq va omadliroq bo'lish kerak", - dedi Marotta.