
"Inter Mayami" klubi 31 yoshli argentinalik yarim himoyachi Rodrigo de Paulning shartnomasida sotib olish opsiyasini faollashtirdi. Bu haqda Transfer News Football telegram kanali yozmoqda.
De Paul 2025 yildan beri "Inter Mayami"da ijara asosida o‘ynamoqda. 2021 yildan beri futbolchi Madridning "Atletiko" klubiga tegishli. Manbalarning ma’lum qilishicha, transfer qiymati 17 mln dollarni tashkil qilgan.
Rodrigo De Paul joriy mavsum MLSda "Inter Mayami" safida 17 ta o‘yinda maydonga tushdi. Yarim himoyachi hisobida 1 gol va 5 ta golli uzatma bor.