iks
ads

APLning noyabrdagi eng yaxshi murabbiyi aniq

  • Mr.NoBoDy 12.12.2025 18:00
  • 98
  • 30

Angliya Premer-ligasi noyabr oyining eng yaxshi murabbiyini aniqladi.

"Chelsi" bosh murabbiyi Enco Mareska ushbu mukofotga sazovor bo'ldi.

O'tgan oyda "Chelsi" Premer-ligada 4 o'yin o'tkazdi. Mareskaning jamoasi 3 ta o'yinda zafar quchdi va 1 tasida durang o'ynadi. Jamoaning bu davrdagi natijalari quyida keltirilgan:

"Tottenxem" – "Chelsi" 0:1

"Chelsi" – "Vulverxempton" 3:0 

"Byornli" – "Chelsi" 0:2

"Chelsi" – "Arsenal" 1:1

Ko'rib turganingizdek, "Chelsi" o'tgan oyda chempionatdagi 4 bahsda atigi 1 ta gol o'tkazib yubordi.

"Chelsi" hozirda Premer-liga turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda. Mareska jamoasi keyingi o'yinni 13 dekabr kuni o'z maydonida "Everton"ga qarshi o'tkazadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar