
Jurnalist Kristian Falk malumotlariga ko'ra, Shlotterbekning vakillari transferga tayyor ekanini bildirgan. Ammo "Bavariya" hozircha rasmiy taklif bilan chiqishga shoshilmayapti, chunki klub o'z himoyachisi Dayo Upamekano bilan bog'liq vaziyatga aniqlik kiritishni kutmoqda — u hali ham myunxenliklar bilan yangi shartnoma imzolamadi.
Agar franciyalik himoyachi yangi shartnomaga rozi bo'lsa, Shlotterbekning transferi amalga oshmaydi. Biroq Dayo jamoani tark etsa, "Borussiya" ehtimol, Nikodan ayrilib qoladi.
Niko joriy mavsum "qora-sariqlar" safida 16 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.