
Yig'ilish davomida U-21, U-19, 1-liga va akademiya jamoalari natijalarini tahlil qilinib, erishilgan natijalarga ijobiy baho berildi.
U-21 – 2-o'rin
U-19 – 4-o'rin
1-liga – 3-o'rin (o'z hududida)
Akademiya jamoalari:
"Bunyodkor-2008" — Toshkent shahar Yoshlar ligasi – 1-o'rin, "Kapitalbank Kubogi" – 2-o'rin;
"Bunyodkor-2009" — Toshkent shahar Premer ligasi – 4-o'rin, O'FA birinchiligi – 4-o'rin;
"Bunyodkor-2010" — Toshkent shahar Premer ligasi – 1-o'rin, O'FA birinchiligi – 3-o'rin;
"Bunyodkor-2011" — Toshkent shahar Premer ligasi – 1-o'rin, O'FA birinchiligi – 1-o'rin, Turan Cup (turkiy davlatlarning eng yaxshi akademiyalari o'rtasida) – 1-o'rin, “Quanchao Cup-2025” xalqaro turniri – 3-o'rin;
"Bunyodkor-2012" — Toshkent shahar Premer ligasi – 1-o'rin, O'FA birinchiligi – 3-o'rin;
"Bunyodkor-2013" — Toshkent shahar Premer ligasi – 1-o'rin.

Yig'ilishda mavsum davomida yuzaga kelgan muammolar va takliflar bo'yicha mulohazalar yuritilib, tegishli mutaxassislarga kerakli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, akademiyaning 2026 yil uchun taklif va rejalari taqdimoti o'tkazildi, yangi mavsumda amalga oshiriladigan ishlar bo'yicha rahbariyat tomonidan aniq vazifalar va maqsadlar belgillab berildi.