
"Darvozabon Jonatan Luiz va hujumchi Brayan Riaskosning shartnomasi yakunlandi. Klub ular bilan kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qildi.
Bashar Resan bilan "1+1" ko'rinishida shartnoma tuzilgan edi va tomonlar kelishgan holda +1 bandini faollashtirdi. Iroqlik futbolchi 2026 yilda ham "Paxtakor"da o'ynaydi.
Flamarion va Zaid Tahsinning klub bilan 2026 yil oxirigacha shartnomasi bor va ular ham klubda qoladi", – deyiladi xabarda.