iks
ads

Hindistonda Messi sharafiga 20 metrlik haykal ochiladi

  • Mr.NoBoDy 12.12.2025 19:48
  • 367
  • 30

Argentina terma jamoasi va "Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi Hindistonning Kalkutta shahrida o'ziga bag'ishlangan haykalni ochish marosimida ishtirok etadi.

Malum qilinishicha, monument Janubiy Dum-Dum hududida joylashgan "Shri Bxumi" sport klubi yonida o'rnatilgan bo'lib, uning balandligi 20 metrni tashkil etadi. Bu 38 yoshli futbolchiga bag'ishlangan dunyodagi eng baland haykal hisoblanadi. Haykal Messini qo'lida futbol bo'yicha Jahon chempionati kubogini ushlab turgan holatda tasvirlaydi.

"Biz bu haykalni 40 kun ichida qurdik. Uni Monti Pol tayyorladi. Odamlar: "Bizda Maradona haykali bor, nega Messi haykalini ham o'rnatmaslik kerak?", – dedi G'arbiy Bengaliya vaziri va "Shri Bxumi" sport klubi prezidenti Sujit Boze.

Haykalni tantanali ochish marosimi shanba kuni, 13 dekabrda bo'lib o'tadi. Unda Messi bilan birga uning "Inter Mayami"dagi jamoadoshlari Luis Suares va Rodrigo De Paul ham ishtirok etadi. Shuningdek, futbolchilar Haydarobod, Mumbay va Dehli shaharlariga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar