iks
ads

Lautaro Martines "Liverpul"ga mag'lubiyat haqida: "Bu adolatsizlik bo'ldi"

  • Mr.NoBoDy 12.12.2025 20:16
  • 432
  • 30

"Inter" futbolchisi Lautaro Martines ECHL umumiy guruh bosqichi 6-turi doirasida "Liverpul" bilan bahsdagi penalti haqida gapirdi.

Bahsning 87-daqiqasida mersisaydliklar penalti tepish huquqiga ega bo'ldi. O'sha pallada milanliklar himoyachisi Alessandro Bastoni o'z jarima maydonchasi ichida Florian Virtcning libosidan ushlab qoldi. Virtc esa yiqilib tushdi.

Uchrashuv bosh hakami Feliks Cvayer avvaliga bu holatga etibor qaratmadi. Keyinchalik VAR tekshiruvidan keyin u penalti belgiladi.

"Ha, bundan dars oldik, lekin jahlimiz chiqqani yo'q. Hakamlar xatosi sababli mag'lub bo'lsangiz, nima ham qila olardingiz... Bu adolatsizlik bo'ldi", - dedi Martines.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar