iks
ads

FIFA 200 mamlakatdan chiptalar uchun 5 mln ariza kelib tushganini ma’lum qildi

  • Mr.NoBoDy 13.12.2025 14:44
  • 344
  • 30

FIFA JCH-2026 chiptalariga talab yuqori ekanini ma’lum qildi.

Jahon chempionati uchun chiptalar sotuvining uchinchi bosqichi boshlanganidan atigi 24 soat o‘tib, 200 dan ortiq mamlakatdan kelgan muxlislar sayt orqali chiptalar uchun 5 million ariza topshirdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, guruh bosqichining ayrim uchrashuvlariga qiziqish katta.

Kolumbiya va Portugaliya o‘rtasidagi uchrashuv (Mayami, 27 iyun) tasodifiy tanlov bosqichida eng mashhuri bo‘ldi.

Top-5 likdan Braziliya - Marokash (Nyu-York, Nyu-Jersi, 13 iyun), Meksika - Koreya (Gvadalaxara, 18 iyun), Ekvador - Germaniya (Nyu-York, Nyu-Jersi, 25 iyun) va Shotlandiya - Braziliya (Mayami, 24 iyun) o‘rin olgan.

Eng ko‘p arizalar mezbon davlatlar - AQSH, Meksika va Kanaldan kelib tushgan. Top-10 talikka Kolumbiya, Angliya, Ekvador, Braziliya, Argentina, Shotlandiya, Germaniya, Avstraliya, Fransiya va Panama kirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar