iks
ads

Muhammad Saloh APL rekordini o'rnatdi

  • Mr.NoBoDy 14.12.2025 08:40
  • 197
  • 30

Kecha Muhammad Saloh to'rt o'yinlik tanaffusdan so'ng "Brayton"ga qarshi uchrashuvda zaxiradan maydonga tushdi.

Saloh 2:0 bo'lgan bahsning bitta goliga assistlik qildi. Shu tariqa, misrlik futbolchi APLda bitta jamoa safida samarali harakatlari sonini amalga oshirish bo'yicha rekordni yangiladi. U "Liverpul" safida jami 277 ta gol+assist qayd etib, Ueyn Runiga tegishli bo'lgan rekordni yangiladi.

Malumot uchun, Saloh "Liverpul" safiga 2017 yilning yozida kelib qo'shilgan. Uning hisobida "qizillar" safida APL bahslarida 188 ta gol va 89 ta assist bor.

Ўхшаш янгиликлар