
Bu haqda Championat.asia sayti muxbiri Bekzod Tolibov xabar berdi.
"Paxtakor"mi? "Nasaf"mi? Akmal Mozgovoyni O'zbekiston Superligasiga qaytarish uchun shu ikki klub hammadan ham ko'proq kurashmoqda", – deyiladi xabarda.

Mozgovoy joriy mavsum BAA jamoasi tarkibida 8 ta o'yin o'tkazdi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali 26 yoshli xavbekni 1 mln 300 ming evroga baholagan.