
"Bugun juda qiyin bo'ldi. "Kristal Pelas" juda kuchli. Har safar ularga qarshi o'ynaganimizda juda qiyin kechadi — jismonan baquvvat, tezkor qarshi hujumga o'tishni yaxshi biladi va juda yaxshi himoyalanadi. 3:0 hisobi jamoamizning kuchini tasdiqlaydi", – dedi Gvardiola.
"Manchester Siti" 34 ochko bilan Angliya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi, "Kristal Pelas" esa 26 ochko bilan beshinchi pog'onada joylashgan.