
"TEAMtalk" xabariga ko'ra, portugaliyalik futbolchining ehtimoliy transferi 2026 yil uchun ko'rib chiqilmoqda.
Manba malumotlariga qaraganda, "qizil iblislar" rahbariyati 26 yoshli futbolchini sotish variantini istisno etmayapti.

"Qaymoqranglilar" Dalotning universalligini yuqori baholamoqda — u himoyaning ham o'ng, ham chap qanotida birdek samarali harakat qila oladi, bu esa uni tarkibni kuchaytirish uchun jozibali nomzodga aylantiradi.
Shu bilan birga, "Real"ni transfer bozorida raqobat kutib turibdi. Himoyachiga Myunxenning "Bavariya"si hamda Madridning "Atletiko" klubi ham qiziqish bildirmoqda va futbolchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
Diogu Dalot joriy mavsum barcha musobaqalarda 14 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.