iks
ads

Erling Holand Krishtianu Ronalduni quvib o'tib, APL rekordini yangiladi

  • Mr.NoBoDy 15.12.2025 13:00
  • 320
  • 30

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Holand Angliya Premer-ligasining 16-turida "Kristal Pelas"ga qarshi bahsda (3:0) dubl qayd etib, klub safida APLda urilgan gollar soni bo'yicha Krishtianu Ronaldu rekordini yangilashga erishdi.

Endi Holandning "Manchester Siti" safida barcha musobaqalarda o'tkazgan 168 o'yinida 147 ta goli mavjud. Taqqoslash uchun, Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted" tarkibida 346 uchrashuvda 145 ta gol urgan.

25 yoshli norvegiyalik futbolchi joriy mavsum "shaharliklar" libosida 22 o'yinda qatnashib, 23 ta to'p kiritdi hamda 3 ta golga assistentlik qildi.

Ўхшаш янгиликлар