iks
ads

"Emeri effekti": "Aston Villa" klub rekordini o'rnatdi

  • Mr.NoBoDy 15.12.2025 13:32
  • 301
  • 30

"Aston Villa" Angliya Premer-ligasining 16-turida "Vest Xem" ustidan qozonilgan g'alabadan (3:2) so'ng klub rekordini o'rnatdi.

"Villa" Premer-ligada so'nggi 11 o'yinidan 10 tasida g'alaba qozondi (1 mag'lubiyat), jumladan, ketma-ket so'nggi 6 uchrashuvda yutib chiqdi. Bu jamoaning APL tarixidagi eng uzun g'alabali seriyasi hisoblanadi.

Shuningdek, Birmingem jamoasining barcha musobaqalardagi g'alabali seriyasi hozirda 9 o'yinni tashkil etmoqda.

Unai Emeri shogirdlari 16 turdan keyin 33 ochko jamg'arib, etakchi "Arsenal"dan atigi 3 ochko orqada qolmoqda.

Ўхшаш янгиликлар