iks
ads

Gvardiola "Manchester Siti" himoyachisini maqtadi

  • Mr.NoBoDy 15.12.2025 14:56
  • 812
  • 30

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Kristal Pelas"ga qarshi (3:0) o'yindan keyin jamoaning portugaliyalik himoyachisi Ruben Diash haqida takidlab o'tdi.

"Ruben Diash — qoyilmaqom lider. Barqaror, jarohatlarsiz o'ynayapti, jamoadoshlarini qanday boshqarishni biladi, ularga ko'p narsani uqtiradi. U — biz uchun uzoq yillarga mo'ljallangan ulkan topilma! Haqiqiy sardor, haqiqiy etakchi", – dedi Pep o'yindan keyin.

28 yoshli Diash joriy mavsum "shaharliklar" safida 21 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi.

Gvardiola shogirdlari chempionlik uchun kurashda "Arsenal"ni quvib kelmoqda. Hozirda "Manchester Siti"ning hisobida 34 ochko bor, jadval peshqadami "kanonirlar" esa 36 ochko to'plagan.

Ўхшаш янгиликлар