
Bu haqda klub matbuot xizmati malum qildi.
Tiklanish muddati hozircha aniq emas.
39 yoshli nemis futbolchisi Germaniya chempionatining 14-turida "Maync"ga qarshi o'yinda (2:2) jarohat oldi. Biroq myunxenliklar sardori o'yinni to'liq o'tkazdi.
Noyer 2011 yildan buyon "Bavariya" safida to'p tepadi. U jamoa tarkibida 581 uchrashuvda ishtirok etgan. 2025/26 yilgi mavsumda esa uning hisobida 20 ta o'yin bor.