
27 yoshli yaponiyalik futbolchi bilan tuziladigan bitim 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U "Arsenal"ni tark etganidan so'ng erkin agent maqomida edi. Seshanba kuni futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tish va bitimga imzo chekish uchun Amsterdamga etib boradi.
Tomiyasu 2024/25 yilgi mavsum APLda 1 o'yin o'tkazgan. Undan oldingi mavsumda esa londonliklar safida 30 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.