iks
ads

"Arqadag'" mavsumdagi barcha o'yinda g'alaba qozonib, uchinchi bor Turkmaniston chempioni bo'ldi

  • Mr.NoBoDy 15.12.2025 19:08
  • 986
  • 30

"Arqadag'" Oliy liga mavsumini mutlaq ideal ko'rsatkichlar bilan yakunladi - 28 o'yinda 28 ta g'alaba va ketma-ket uchinchi chempionlik unvoni.

Jamoa 2023 yilda tashkil etilganidan beri milliy chempionatda hali biror marta ham mag'lubiyatga uchramadi.

"Aqlli" shahar vakillari 84 ochko jamg'arib, 105 ta to'p kiritdi va bor-yo'g'i 15 ta gol o'tkazib yubordi. Kumush medallar "Ahal"ga nasib etdi (55 ochko), bronza esa "Altin Asir"ga (53 ochko) tegdi.

Musobaqaning eng yaxshi to'purari "Arqadag'" hujumchisi Didar Durdiev bo'lib, u raqiblar darvozasini 26 marta ishg'ol qildi.

Ўхшаш янгиликлар