
Hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi.
Videoda futbolchi uni suratga olayotgan yo'lovchi yoniga kelib, avval hazillashadi, keyin esa gap-so'z tortishuvga aylanadi. Shundan so'ng Kanselu yo'lovchining qo'lidan ushlab, tasvirga olish jarayonini to'xtatadi.
31 yoshli portugaliyalik futbolchi 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 5 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi. Uning Saudiya Arabistoni klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Avvalroq Kanselu "Benfika", "Valensiya", "Inter", "Yuventus", "Manchester Siti", "Bavariya" va "Barselona" jamoalari sharafini himoya qilgan.