iks
ads

Rustam Ashurmatov diskvalifikaciya sabab keyingi turni o'tkazib yuboradi

  • Mr.NoBoDy 16.12.2025 00:48
  • 3578
  • 30

"Istiqlol" Eron chempionatining 14-turida "Xaybar Xorramabad" mehmoni bo'ldi.

Bahs 1:1 hisobida yakun topdi. Ushbu uchrashuvda "Istiqlol" sharafini himoya qilayotgan O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov to'liq ishtirok etdi va sariq kartochka oldi.

Uning hisobidagi ogohlantirishlar soni 4 taga etdi.

Shu bois futbolchi mavsumning birinchi davrasidagi so'nggi o'yinni — "Gol-Gohar"ga qarshi bahsni o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Ushbu o'yin 28 dekabr kuni o'tkazilishi kerak. Ikkinchi davraning ilk bahsi esa 1 yanvarda bo'lib o'tadi.

Ўхшаш янгиликлар