
Biroq yaqin orada bu o'zgarishi mumkin.
"TalkSPORT" xabariga ko'ra, "Old Trafford"da "Bornmut" yarim himoyachisi Tayler Adamsga qiziqish bildirilmoqda. "Olcharanglilar" futbolchisini tanlashga boshqa nomzodlarning juda qimmatligi sabab bo'lgan: "Nottingem Forest"dan Elliot Anderson va "Brayton"dan Karlos Baleba 100 million funtdan ortiq baholanmoqda, Adams esa taxminan 40 million funt evaziga imzolanishi mumkin.

Qayd etilishicha, agar transfer amalga oshsa, u faqat yozda ro'y berishi ehtimol. Bu esa kelasi yozda bo'lib o'tadigan Jahon chempionati bilan bog'liq — 26 yoshli futbolchi iyun oyida o'z uyida o'tadigan musobaqada AQSH terma jamoasi sardori bo'lishga tayyorgarlik ko'rmoqda.