iks
ads

Superliga kashfiyotlaridan biri muvaffaqiyatli operaciya qilindi

  • Mr.NoBoDy 16.12.2025 15:00
  • 899
  • 30

Oybek O'rmonjonov Turkiyada tizzasidan jarrohlik amaliyotini o'tkazdi.

"Dinamo" safida bu yilgi o'yinlari orqali Superliga kashfiyotlaridan biriga aylangan Oybek O'rmonjonov mavsum yakunida jarohat olgandi.

19 yoshli yarim himoyachi so'nggi turdagi "Nasaf"ga qarshi o'yin oldidan mashg'ulotda jarohat olgandi. Tibbiy tekshiruvlardan so'ng futbolchining chap tizza oldingi xochsimon boylamining yirtilishi aniqlangandi. Kuni kecha Oybek Istanbulda tizzasidan jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o'tkazdi va O'zbekistonga qaytdi.

Tiklanish jarayoni bir necha oyni tashkil qiladi. O'rmonjonov jarohat sababli yanvar oyida Saudiya Arabistonida o'tadigan U-23 Osiyo Kubogini o'tkazib yuboradi", – deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Avvalroq "Yil javohiri" nominanti Turkiyada operaciya qilinishi haqida xabar bergan edik.

Ўхшаш янгиликлар