
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti FIFA The Best talqini bo‘yicha 2025 yilning eng yaxshi murabbiyini tanladi. Kalendar yilning eng yaxshi murabbiy va futbolchilarini taqdirlash marosimi 16 dekabr kuni Qatarning Doxa shahrida bo‘lib o‘tdi.
«Pentakompeonlar» ustozi birinchi o‘ringa «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrikeni qo‘ydi. Ikkinchi o‘rinni «Barselona» murabbiyi Xans-Diter Flik egalladi. Italiyalik mutaxassis kuchli uchlikka Meksika terma jamoasida ishlayotgan Xavyer Agirreni ham kiritdi.
«2025 yilning eng yaxshi murabbiyi» nominasiyasi g‘olibi Luis Enrike bo‘ldi. O‘tgan mavsumda uning rahbarligida «PSJ» UEFA Chempionlar ligasi, Fransiya chempionati, mamlakat Kubogi va Superkubokni qo‘lga kiritdi.