
38 yoshli urugvaylik hujumchi Luis Suares «Inter Mayami» bilan yangi shartnoma imzolashga tayyor. Bu haqda The Athletic va Miami Herald nashrlari xabar bermoqda.
Manbalarga ko‘ra, Suares klub bilan 2026 yil mavsumi oxiriga qadar mo‘ljallangan yangi kelishuv tuzishga rozi. Mayamiliklar joriy yil MLS Kubogini qo‘lga kiritdi, biroq urugvaylik forvard pley-offning so‘nggi to‘rt uchrashuvida asosiy tarkibdan joy olmadi.
Luis Suaresning «Inter Mayami» bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning 31 dekabrida o‘z yakuniga yetadi.
Avvalroq klubning yana bir yulduzli hujumchisi Lionel Messi «Inter Mayami» bilan uch yillik shartnoma imzolaganini va 2028 yil oxirigacha jamoada qolishi ma’lum bo‘lgan edi.