iks
ads

Saul: "Real"da muxlislar yo'q, stadionga kelasan va hech narsani his qilmaysan. "Marakana"da esa tribunalar doim to'la"

  • Mr.NoBoDy 17.12.2025 12:16
  • 658
  • 30

"Atletiko"ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Flamengo"da to'p surayotgan Saul Braziliya klubini "Real" bilan taqqosladi.

– Agar parallel o'tkazsak, "Flamengo" – bu "Real Madrid" kabimi?

– Hatto "Real"dan ham kattaroq. Aslida "Real"da muxlislar yo'q. "Real" mashhur, ha – o'z g'alabalari tufayli, uni butun dunyoda bilishadi, shuning uchun ixlosmandlari ko'p. Ammo stadionga kelganingizda, hech narsani his qilmaysiz.

"Marakana"dek afsonaviy stadionga kelganingizda esa, u doimo liq to'la bo'ladi. Safar o'yinlarida ham tribunalar "Flamengo" muxlislari bilan to'ladi.

Yaqinda "Sport Resifi"ga qarshi o'ynadik va bizni boshqa stadionga yuborishdi, chunki aks holda muxlislarimiz sig'masdi. Vaholanki, parvoz uch yarim soat davom etadi. Limaga borasan – va bizning muxlislar stadionni 100 foizga to'ldirishadi. Keyin qaraysan – "Palmeyras" muxlislari unday to'ldira olishmaydi... Va o'ylaysan: "Mana bular haqiqiy muxlislar", – dedi Saul.


Eslatib o'tamiz, bugun "Flamengo" Qitalararo Kubogi doirasida PSJga qarshi bahs o'tkazadi. Uchrashuv 22:00da Qatardagi "Ahmad bin Ali" stadionida bo'lib o'tadi.

Ўхшаш янгиликлар