iks
ads

Ronaldu nima uchun ovoz bermadi? Portugaliya sardori FIFA The Best marosimini o'tkazib yubordi

  • Mr.NoBoDy 17.12.2025 12:56
  • 644
  • 30

Saudiyaning "An-Nasr" klubi hujumchisi va Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu 2025 yil yakunlariga ko'ra "The Best" mukofoti g'oliblarini aniqlash bo'yicha FIFA o'tkazgan ovoz berish jarayonida ishtirok etmadi.

Malum bo'lishicha, ovoz beruvchilar ro'yxatida Ronalduning o'rnini uning terma jamoadagi sherigi Bernardu Silva egallagan. FIFA qoidalariga ko'ra, har bir mamlakatdan uch nafar vakil – terma jamoa bosh murabbiyi, jamoa sardori va bir nafar jurnalist ishtirok etishi lozim.

Tantanali taqdirlash marosimi 16 dekabr kuni Dohada bo'lib o'tdi. Natijalarga ko'ra, "Yilning eng yaxshi futbolchisi" nomiga Franciyaning PSJ klubi hujumchisi Usmon Dembele sazovor bo'ldi. "Eng yaxshi murabbiy" sovrini esa Parij klubi ustozi Luis Enrikega nasib etdi.

Ronalduning ovoz berish jarayonida qatnashmagani muxlislarda qiziqish uyg'otdi, biroq FIFA reglamenti terma jamoa sardorini milliy jamoaning boshqa o'yinchisi bilan almashtirishga ruxsat beradi.

Ўхшаш янгиликлар