iks
ads

FIFA JCH-2026 ishtirokchilari o‘rtasida 727 mln dollarni taqsimlaydi

  • Mr.NoBoDy 17.12.2025 19:22
  • 109
  • 30

JCH-2026da ishtirok etadigan har bir jamoa kamida 10,5 million dollarni qo‘lga kiritishi kafolatlanadi.

Jurnalist Ben Jeykobsning yozishicha, FIFA kengashi 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatini o‘tkazish uchun rekord darajadagi 727 million dollar ajratgan - bu Qatardagi JCH-2022 bilan taqqoslaganda 50 foizga ko‘p. Summa ishtirokchi-a’zo assosiasiyalar o‘rtasida taqsimlanadi, 655 mln dollar esa turnirning sovrin jamg‘armasini tashkil etadi.

JCH-2026 g‘olibi 50 million dollar, finalchi esa 33 million dollar mukofot puliga ega bo‘ladi. Bronza medali sohibi 29 mln dollar, 4-o‘rinni egallagan jamoa esa 27 mln dollar ishlab topadi. Chorak finalchilarga 19 mln dollardan, 1/8 final ishtirokchilariga 15 mln dollardan, 1/16 finalga chiqqanlarga 11 mln dollardan to‘lanadi. Guruh bosqichidan chiqib ketgan ishtirokchilar 9 million dollardan mukofot puli olishadi.

Bundan tashqari, JCH-2026 ning har bir ishtirokchisi tayyorgarlik xarajatlarini qoplash uchun 1,5 million dollardan oladi. Shu tariqa, har bir assosiasiya turnirda ishtirok etgani uchun kamida 10,5 mln dollar oladi.

Ўхшаш янгиликлар