
"Inter Mayami" hujumchi Luis Suares bilan MLSda 2026 yil mavsumi oxirigacha yangi shartnoma imzolaganini elon qildi. 38 yoshli futbolchining avvalgi shartnomasi mavsum yakunida tugagan edi.
2025 yilda Suares barcha turnirlarda 50 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urdi va 17 ta golli uzatma berdi.
Umuman olganda, 2024 yildan beri urugvaylik futbolchi "Inter Mayami" safida barcha musobaqalarda 87 ta o'yinda ishtirok etib, 42 ta gol urdi va 30 ta golli uzatma berdi - bu klubning tarixidagi ikkinchi eng yaxshi natija hisoblanadi.
Oldinroq xabar qilinganidek, 2026 yilgi mavsum futbolchi uchun Amerika klubidagi so'nggi mavsum bo'ladi.