
"Menimcha, bu mumkin, ayniqsa bu mavsumda yaxshi boshlaganimni inobatga olsak. Hali oldinda uzoq yo'l bor. Bu darajani yana to'rt-besh oy davomida saqlab qolishim zarur. Futbolda eng mushkuli - uzoq vaqt mobaynida barqarorlikni saqlash. Bu ajoyib natija, uni yangilash qiyin bo'lishini bilaman. Men doim shunday yutuqlarga intilib kelganman," - deya Keynning so'zlarini Sky Sport Germany keltiradi.
Germaniya chempionatida bir mavsumda eng ko'p gol urish bo'yicha rekord Levandovskiga tegishli bo'lib, u 2020/2021 yilgi mavsumda Myunxen klubi uchun 41 ta gol urgan.
Joriy mavsumda Keyn "Bavariya" safida Bundesliganing 14 ta o'yinida ishtirok etib, 18 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.