
Argentina terma jamoasi va AQSHning «Inter Mayami» klubi hujumchisi Lionel Messi Hindiston safari davomida taxminan 1,09 million dollarlik Richard Mille turidagi noyob soatga ega bo‘ldi, deb xabar beradi Sports.kz MSN manbasiga asoslanib.
Yaqinda Messi o‘zining birinchi «GOAT Tour» turini Hindistonda yakunladi. Tur doirasida u Kalkutta, Haydarobod, Mumbay va Nyu-Dehli shaharlarida bo‘ldi. Tur so‘ngida argentinalik futbolchi Anant Ambani tomonidan tashkil qilingan Vantera (Vantara) vahshiy tabiatni qutqarish va muhofaza markaziga tashrif buyurdi.
Safar davomida Messiga Richard Mille RM 003-V2 GMT Tourbillon «Asia Edition» turidagi noyob lyuks soat sovg‘a qilindi. Bu model dunyo bo‘yicha faqat 12 dona chiqarilgan va uning bozor qiymati taxminan 1,09 million dollardan iborat.
Bu model shuningdek innovasion safir disk bilan mashhur bo‘lib, u soat belgilarining yoritilishi vizual effektini yaratadi, shuningdek zavod va vaqtni sozlash rejimini o‘zgartirish mexanizmi ham mavjud. Bunday soatlar egalari orasida Bruney sultoni Hassanal Bolkiyax, Formula-1 piloti Mik Shumaxer, FIA sobiq prezidenti Jan Todt, Joxorning varis hokimi Tunku Ismail va soatsoz Kari Voutilaynen bor.