Serxio Ramos raqibini tepgani uchun maydondan chetlatildi (video)

  • Mr.NoBoDy 17.03.2025 19:44
  • 39
  • 30

Meksika chempionatining 12-turida "Pumas" o‘z maydonida "Monterrey"ni qabul qildi.

Mehmon jamoa safiga Serxio Ramos asosiy tarkibda tushdi. O‘yinning qo‘shib berilgan vaqtlarida ispaniyalik futbolchi raqibini oyog‘i bilan tepishga urindi.  

Hakam uning bu harakati uchun darhol to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi.  

"Monterrey" uchrashuvda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Meksika chempionati
Pumas – Monterrey – 1:3
Gollar: Martines, 90 (pen) – Kanales, 49, Fimbres, 54, Bertrame, 71
Chetlatish: Ramos, 90+1 (Monterrey)

Ўхшаш янгиликлар