
Rimliklar 25 yoshli italiyalik futbolchining vakillari bilan aloqada bo'lib turibdi, u mavsumning barcha musobaqalarida 13 ta o'yinda "Atletiko" safida 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Roma" ustozi Jan Pero Gasperini "Atalanta"ga murabbiylik qilayotganida Raspadorini o'z safiga qo'shib olmoqchi bo'lgan.
Avgust oyida "Atletiko" Raspadorini "Napoli"dan 22+4 mln evroga sotib oldi va u bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Futbolchiga "Lacio" ham qiziqish bildirmoqda.