
Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevning malum qilishicha, "sherlar" "Andijon"da ijarada o'ynayotgan Shahzod Azmiddinov va vaqtincha "Dinamo"da harakat qilgan Mahmud Mahamadjonovni ortga qaytaradi.
25 yoshli markaziy himoyachi Azmiddinov andijonliklar tarkibida 14 o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi. 22 yoshli chap qanot himoyachisi Mahamadjonov esa samarqandliklar libosida 14 o'yin o'tkazib, 1 ta to'p kiritdi va 2 ta golga assistentlik qildi.