iks
ads

Elit OCHL. "Al Ittihod" – "Nasaf" o'yini boshqa stadionda o'tkaziladi

  • Mr.NoBoDy 22.12.2025 12:48
  • 416
  • 30

Elit OCHL 6-turidan o'rin olgan "Al Ittihod" – "Nasaf" uchrashuvi o'tkaziladigan stadion o'zgardi.

Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubi rasmiy bayonotida O'zbekistonning "Nasaf" jamoasiga qarshi o'tkaziladigan uchrashuv o'yni o'tkaziladigan stadion o'zgartirilganini malum qildi. Jidda shahridagi shahzoda "Abdulloh al-Faysal" nomidagi stadionida bo'lishi rejalashtirilgan bahs endilikda shu shaharda joylashgan "Qirol Abdulloh Al-Inmaa" stadionida o'tkaziladi.

"Yo'lbarslar"ning "Nasaf"ga qarshi guruh bosqichi doirasidagi bellashuvi 23 dekabr kuni soat 23:15  da start oladi.

Ayni paytda "Al Ittihod" jamoasi Elit Osiyo Chempionlar ligasi jadvalida 6 ochko bilan 8-o'rinni egallab turibdi. "Nasaf" esa hozircha ochko jamg'armagan holda guruh jadvalining quyi pog'onasidan joy olgan.

Malumot uchun, "Al Ittihod" klubi mahalliy musobaqalardagi tanaffus paytida BAAning Dubay shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazdi. Yig'in davomida jamoa ikki o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, birinchi bahsda "Palm Siti"ni 6:0 hisobida, ikkinchisida esa "Galf Yunayted"ni 5:0 hisobida mag'lub etdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar