iks
ads

Nike, Adidas yoki Under Armour? Jahon brendlari Mbappe uchun kurashga kirishdi

  • Mr.NoBoDy 22.12.2025 13:40
  • 968
  • 30

Nike, Adidas va Under Armour "Real" va Franciya terma jamoasi hujumchisi bilan muzokara olib bormoqda.

"RMC Sport" xabariga ko'ra, Madridning "Real" klubi va Franciya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening sport anjomlari ishlab chiqaruvchi Nike bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil yozida yakunlanadi.

Manba malumotlariga qaraganda, Amerika kompaniyasi futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirmoqda va buning uchun zarur resurslarni izlash ishlarini boshlagan.

Nike’dan tashqari, Mbappe bilan shartnoma tuzishga boshqa yirik sport kiyimlari brendlari — Adidas va Under Armour ham qiziqish bildirmoqda. Germaniyaning Adidas kompaniyasi "Real"ning texnik homiysi hisoblanadi, bu esa "qaymoqranglilar" hujumchisi bilan hamkorlik qilishga bo'lgan qiziqishni izohlaydi.

Qayd etilishicha, Mbappe bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralar bilan bir vaqtda, Nike PSJ vingeri Dezire Duega ham qiziqish bildirmoqda. OAV malumotlariga ko'ra, franciyalik futbolchi hozircha biror ekipirovka ishlab chiqaruvchi bilan amaldagi shartnomaga ega emas va tijoriy faoliyatlardan chetda turibdi.

Avvalroq Mbappe Ronalduning rekordini takrorlagan edi. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar