
Ushbu turnirda Ravshan Haydarov boshchiligidagi U-21 yosh toifasidagi olimpiya terma jamoamiz ishtirok etadi. Vakillarimizning Toshkentdagi yig'ini ertadan boshlab Dohaga ko'chadi. U erdan terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga yo'l olishadi. Bugun qita turniri munosabati bilan bosh murabbiy Ravshan Haydarov ishtirokida matbuot anjumani tashkil qilindi.
"Sizlarni ko'rib turganimizdan xursandmiz. Tayyorgarlik rejalarimiz haqida malumot berib o'tsam, 7 dekabr sanasidan ishlab chiqilgan reja asosida tayyorgarlikni boshladik. Bu tayyorgarlik rejalarimiz ikki qismdan iborat. Birinchi qismimiz Toshkentda olib borildi. Dekabr, mavsumdan keyin futbolchilarning holati har xil. Shularni bir maromiga keltirish ustida ishladik. Kimgadir dam berildi, kimdir jarohat bilan keldi. 28 nafar futbolchi taklif qilingan edi. Yakunda bu talablarni bajara olmaganlarga ruxsat berildi. Albatta, bu borada indvidual yondoshishga to'g'ri keldi. Yaxshi dam olib kelganlar bo'ldi, Superliga o'tish o'yinida ham qatnashishdi. Deylik "Buxoro" jamoasining ikki azosi kecha etib kelishdi. Bugun Qatarga uchib ketamiz, u erda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazamiz. Toshkentda "Andijon" bilan nazorat o'yinimiz ham o'ziga hos savollarimizga javob berdi. Dohada Qatar va Iordaniya U-23 terma jamoalari raqib vazifasini o'taydi. O'ylaymanki, bu orqali o'yinimizni shakllantirib olamiz. Tarkibga jalb qilingan futbolchilar matbuotda elon qilindi. Murabbiylar kengashi qarori bilan mazkur musobaqada olimpiya terma jamoamiz bilan qatnashamiz. 2005-2006 yillarni o'z ichiga olgan. 2003-2004 yildagi yigitlar yaxshi cikl o'tkazishdi. Ular Osiyo chempioni bo'lishdi, Jahon chempionatida ham o'ynashdi. Milliy terma jamoamizga chaqirilishdi, o'z klublarida asosiy tarkibda o'ynashmoqda. Ikkinchidan bu tajribamizdan o'tgan. Yana bir marta bunga qaytyapmiz", – deydi Ravshan Haydarov.


— Bo'lajak turnirda omad tilaymiz. Bungacha bo'lgan yig'inlarda, saralashda 2003-2004 yil futbolchilar ham bor edi. Osiyo Kubogiga yaqin tarkib faqat 2005-2006 yil futbolchilarni o'z ichiga oldi. Bu avvaldan qilingan rejamidi?
— Bu normal holat. Bizni jamoalarimizda aralash tarkib o'ynatish avval ham bo'lgan. 2018 yilgi tarkibimizda 30-40 foiz yoshlar bor edi. Shomurodov, Shukurov, Hamdamovlar bilan Alijonov, Yaxshiboev kabi yoshlar bor edi. Bu keyingi ciklga o'tayotganda tajribasi yordam beradi. Bu jamoa bilan ham shunday bo'ldi. Saralashda 50/50 tarkib o'ynadi. Bu qarorni sababi, 2005-2006 yillar jamoamiz Jahon chempionatiga chiqa olishmadi. Bu katta minus edi. Katta musobaqalarda qatnashish ulkan tajriba beradi. Shu bois Osiyo Kubogida yoshlarga imkon berishga qaror qildik.


— Saralashda Qirg'izstondan keyingi o'rinni egalladik. Guruhda Eron va Janubiy Koreyadan yuqorida bo'la olamizmi?
— Nima uchun bo'lolmaymiz? Saralashda hamma o'yinlar nazoratimiz ostida o'tdi. To'g'ri, durang bo'lib qoldi. 20 yoshdan keyin ular katta futbolga o'tgan bo'lishi kerak. Tajribasi kam yoki ko'p bo'ladi. Lekin bunga qaramasdan Eronmi, Koreyami oldimizga qo'yilgan yuqori maqsad bilan, jiddiy qarab ketyapmiz.
— Osiyo Kubogida chempionlik maqsad qilinganmi?
— U-23 da reytingimiz yuqori. Avvalgi musobaqalarda chempionlik, ketma-ket kumush medallar qo'lga kiritilgan. Bunday jamoa oldiga yuqori maqsadlarni qo'yib harakat qilaverish kerak. Bu qo'limizdan keladigan ish.





Eslatib o'tamiz, musobaqa Saudiya Arabistonida 6 yanvardan 24 yanvarga qadar o'tkaziladi. O'zbekiston "C" guruhida Koreya, Eron va Livan bilan to'qnash keladi.