
Mikki o'z harakatlarida ataylab qo'pollik bo'lmaganini takidladi.
"Men faqat yomon niyatsiz uning zarbasini to'xtatmoqchi edim. Afsuski, Isakning oyog'i oyoqlarim orasidan sirg'alib ketdi... Unga sog'lik va eng yaxshi tilaklarimni bildirish uchun xabar yubordim, u menga javob berdi. Umid qilamanki, uni imkon qadar tezroq maydonda ko'ramiz," - deb van de Venning so'zlarini Sky Sports efiridan Footmercato keltiradi.
Bundan oldin, "Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Mikkining to'qnashuvini xavfli va masuliyatsiz deb atagan edi. Shveciyalik hujumchi Isak o'tgan transfer oynasida "Liverpul"ga o'tgan. U mersisaydliklar safida 16 ta o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol urgan va 1 ta golli uzatma bajargan.