iks
ads

Amorim Fernandesh va Maynu "Nyukasl"ga qarshi o'ynamasligini malum qildi

  • Mr.NoBoDy 24.12.2025 20:56
  • 62
  • 30

Ularda jarohat bor.

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim yarim himoyachilar Kobbi Maynu va Brunu Fernandesh 26 dekabr kuni bo'lib o'tadigan Angliya Premer-ligasining 18-tur o'yinida "Nyukasl Yunayted"ga qarshi maydonga tushmasligini aytdi. Maynu o'tgan turdagi "Aston Villa"ga qarshi uchrashuvni (1:2) boldir mushagi jarohati tufayli o'tkazib yuborgan edi, Fernandesh esa o'sha o'yin davomida yumshoq to'qimalaridan shikast olgan.

"Maynu va Fernandesh "Nyukasl Yunayted"ga qarshi o'ynay oladimi? Yo'q, bu safar emas. Ular tiklanmoqda. O'ylashimcha, bu ko'p vaqt olmaydi. Kobbi Brunuga qaraganda tezroq safga qaytadi. Brununing qancha vaqt o'yindan tashqarida qolishi haqida gapirmoqchimasman. Albatta, taxminlarim bor, lekin ko'ramiz," - deb Amorimning so'zlarini keltirmoqda MYU matbuot xizmati.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar