iks
ads

Reshford keyingi rejalari bilan o'rtoqlashdi

  • Mr.NoBoDy 25.12.2025 13:08
  • 1217
  • 30

Angliyalik hujumchi Markus Reshford 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida "Barselona"da o'ynaydi.

28 yoshli futbolchining so'zlariga ko'ra, uning kelajakdagi ustuvor maqsadi — "Barselona" safida qolish. Shu bilan birga, Reshford motivaciyasi faqat Kataloniyada qolish istagi bilan cheklanmasligini takidladi. Unga eng katta turtki — g'alabalar va sovrinlar qo'lga kiritish istagi.

"Men rostdan ham "Barselona"da yo'limni davom ettirishni istayman. Bu muhim maqsad, ammo yanada muhimi — g'alaba qozonish. Men har kuni imkoniyatimning eng yuqori chegarasida ishlayapman, chunki bu jamoa sovrinlar uchun yaratilgan. "Barselona" — katta maqsadlarga ega ulug' loyiha", – dedi hujumchi.

Reshford "Barselona"ga 2025 yilning yozida qo'shilgan. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 24 o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar