
Burundi chempionatining ikkinchi divizioni klubi “Gepe-du-Lak” yarim himoyachisi Igiranese Ayme Geriku o‘yin vaqtida halok bo‘ldi. Bu haqda Sport News Africa nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, futbolchi o‘yin payti maydonda yiqilgan. Tibbiyot xodimlari birinchi yordam ko‘rsatishga harakat qilgan, ammo kasalxonaga yetib bormasdan vafot etgan. Burundi futbol federasiyasi voqeaga izoh berib, Gerikuning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildirgan, biroq fojianing aniq sabablari ko‘rsatilmagan.
Manbalarga ko‘ra, ushbu tanga sehrga oid e’tiqodlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Chunki bu kabi amaliyotlar Burundida keng tarqalgan. African Public Radio nashrining xabar berishicha, futbolchining o‘limiga sabab faqat tanga emas, balki sehr-jodu uchun ishlatiladigan buyumlar (tumor) ham sabab bo‘lgan.
Burundida ba’zi futbolchilar, klublar yoki muxlislar o‘yinning natijasiga ta’sir qilish yoki uni oldindan bilish maqsadida bunday buyumlarga yoki sehrgarlarning maslahatlariga tayanadi. Ayme Geriku ham shu maqsadda sehrlangan tangani og‘zida olib yurgan, ammo o‘yin vaqtida bexosdan tangani yutib yuborgan. Ushbu fojia ichki va xalqaro jamoatchilikda katta tashvish uyg‘otgan.