iks
ads

Rasman: Dragan Cheran - "Andijon" futbolchisi!

  • Mr.NoBoDy 25.12.2025 16:08
  • 912
  • 30

Yangi mavsum uchun selekciya ishlarini davom ettirayotgan jamoa navbatdagi transferni amalga oshirdi.

"O'zbekiston chempionatida to'p tepib, eng yaxshi legionerlardan biri bo'lib kelgan to'purar Dragan Cheran bilan shartnoma imzolandi. U ortda qolgan mavsumni “Nasaf” safida o'tkazdi.

Malumot uchun, Dragan 1987 yilning 6 oktyabr kuni Serbiyada tavallud topgan. Tajribali futbolchi faoliyati davomida “Smederevo 1924” (Serbiya), “Pojarevas” (Serbiya), “Vesterlo” (Belgiya), “Xapoel Xayfa” (Isroil), “Makkabi Netaniya” (Isroil), “Simurg” (Ozarbayjon), “Xadjer” (Saudiya Arabistoni), “Vardar” (Makedoniya), “Paxtakor” va “Nasaf” klublarida to'p surgan. 

Cheranning yurtimizdagi faoliyati 2016 yildan boshlangan. U 2019 yildan 2024 yilgacha ketma-ket 6-marta O'zbekiston chempionati to'purariga aylangan. Bu borada Cheran O'zbekiston chempionatida mutlaq rekordchi sanaladi. 

Dragan faoliyati mobaynida shu paytgacha 538 ta o'yinda maydonga tushib 239 ta gol urgan va 57 ta golli uzatmani bajargan. 

Jumladan, Superligada 226 o'yinda raqiblar darvozasiga 147 ta to'p kiritgan.

Shuningdek, Cheran 5 karra O'zbekiston chempioni, 3 karra Superkubok g'olibi va 2-marta Kubok sohibiga aylangan", – deyiladi xabarda.

Avvalroq u "Andijon" taklifini qabul qilmagani va "So'g'diyona"ga o'tayotgani haqida xabar chiqqan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar