
Bu haqda "TalkSPORT" xabar berdi.
Diomande joriy mavsum Bundesliganing eng yorqin o'yinchilaridan biriga aylandi: u 14 o'yinda jamoasining 8 ta golida bevosita ishtirok etgan. Manba malumotiga ko'ra, agar qiziqish aniq taklifga aylansa, "Manchester Yunayted" qishki transfer oynasida futbolchini taxminan 87 million funt evaziga sotib olishga urinishi mumkin.

Diomande ayni paytda Kot-d'Ivuar terma jamoasi safida Afrika Millatlari Kubogida ishtirok etmoqda va yanvar oyi oxirida "Leypcig"ga qaytadi. Futbolchining nemis klubi bilan bitimi 2030 yilning iyunigacha amal qiladi: u Germaniyaga joriy yil boshida ko'chib kelgan.