
"Chelsi" bosh murabbiyi Enco Mareska hujumchi Liam Delap hamda vinger Estevao tiklanib, o'yinga tayyor ekanini tasdiqladi. Ikki futbolchi ham "Aston Villa"ga qarshi bahsda ishtirok etishi mumkin.
Shuningdek, matbuot uchun o'tkazilgan brifingda Mareska yarim himoyachi Koul Palmer 90 daqiqa o'ynashga tayyor ekanini qo'shimcha qildi.

"Aston Villa"ga qarshi uchrashuv 27 dekabr, shanba kuni "Stemford Brij" stadionida bo'lib o'tadi. Ayni paytda "Chelsi" 29 ochko bilan turnir jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi, Birmingem klubi esa 36 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda.