iks
ads

PSJ "Real" asosiy futbolchisiga foydali shartnoma taklif qilishga tayyor

  • Mr.NoBoDy 25.12.2025 18:24
  • 1348
  • 30

PSJ Madridning "Real" jamoasi asosiy himoyachilaridan biri - Antonio Ryudigerga taklif bilan chiqmoqchi.

"El Nacional" xabariga ko'ra, Franciya grandi himoyachining yoshini inobatga olgan holda ham unga juda foydali shartnoma taklif qilib, yozda "Bernabeu"ni tark etishga ko'ndirishni rejalashtirmoqda.

PSJ tarkibida ko'plab yosh va istiqbolli futbolchilar bor, klub rahbariyati esa jamoa kiyinish xonasida Ryudiger kabi tajribali futbolchi zarur, deb hisoblamoqda.

Germaniyalik markaziy himoyachining amaldagi bitimi mavsum oxirigacha amal qiladi. 32 yoshli Ryudiger joriy mavsum barcha musobaqalarda 7 o'yin o'tkazdi, u uzoq muddat jarohat sabab maydondan chetda qolgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar